| 
                            
                             | 
                        
                          
                            
                              
                                |   | 
                               
                              
                                 
                                       | 
                                MAQOMLAR 
                                    
                                          
                                          | 
                               
                              
                                | 
                                           O‘zbekiston Badiiy Akdemiyasi san'atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti yanig 2007 yilda musiqashunos, san'atshunoslar uchun katta va bebaho sovg‘a tayyorlaganlar. Bu sovg‘a – san'atshunoslik fanlari doktori, musiqashunos, manbaashunos, filolog, sharqshunos Ishoq Rizqiyevich Rajabovning (1927-1982) “Maqomlar” – deb nomlanuvchi ilmiy monografiyasidir. Kitob YUNESKO va Markaziy Osiyo mumtoz musiqasi-Shashmaqomni asrash bo`yicha Yaponiya Trans jamg‘armasining hamkorlikdagi loyihasi asosida chiqarilgan. Nashrga tayyorlovchi va mahsus muharrir Oqilxon Ibrohimov; Tahrir hay'ati – Fayzulla Karomatli, Akmal Rajabov, Ravshan Yunusov.  
                                                 Ushbu ilmiy monografiyada Sharq mumtoz maqomlari tarixi, ularning bizgacha etib kelgan Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘ona-Toshkent maqom yo`llariga doir ilmiy-nazariy mu'ammolari va ayrim ijrochilik masalalari yoritiladi.  
                                                 Kitobda maqomlar masalasi 2 ta katta qismga ajratib yoritiladi.  | 
                               
                              
                                | 
                                            Birinchi qismda O‘rta Osiyo xalqlari musiqa madaniyati tarixiga doir ba'zi ma'lumotlar, maqomlarning oldingi ko‘rinishlari, ya'ni Shashmaqomgacha bo‘lgan shakllari to‘g‘risida gapiriladi.  
                                                Ikkinchi qismda Shashmaqom, Xorazm maqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqomlari atroflicha yoritib beriladi. Ishning oxirida foydalanilgan qo‘lyozma manbaalarning qisqa tafsiloti, asarda uchraydigan ba'zi atamalarning lug‘ati ilova qilinadi.  
                                                Kitob musiqashunoslar, san'atshunoslar, maxsus musiqa o‘quv-yurtlari o‘qituvchi va labalari, shuningdek, mumtoz musiqa ixloslmandlari uchun mo‘ljallangan.   | 
                               
                             
                          | 
                        
                           |