O`ZBEK :: ENGLISH    

KUTUBXONA

 
  DOIRA
(childirma, chirmanda)
 
       Doira (childirma, chirmanda) – o`zbek, tojik va uyg`ur xalqlari orasida keng tarqalgan. Doira ansambl va yakka holda ham ijro etiladi. Doira jo`rligidagi raqslar o`zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shashmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz, maqom usullarini doirada ustalik bilan o`zlashtirganlar va o`z ashulalariga jo`r bo`lganlar. Shashmaqomdagi har bir kuyning o`ziga xos usuli bor. Shunga ko`ra, usullar shu kuy nomi bilan yuritiladi. Masalan: “Usuli Muhammas” (Muhammas usuli), “Usuli Talqin”, ”Usuli Tasnif” va boshqalar.
   
 
 


 
 
© Husniddin ATO,2003-2008