O`ZBEK :: ENGLISH    

KUTUBXONA

 
DUTOR
         Dutor - forscha "ikkita tor" degan ma`noni anglatadi. Dutor eng qadimiy cholgulardan hisoblanib hatto tanburning ibtidoiy kurinishidan darak beruvchi cholg`u degan tahminlar ham uchraydi. Hatto shunday rivoyat ham bor:
         “Tunda Aflotun shogirdlaridan pinhona o`z hujrasida bir cholg`u sozini yasayotgan vaqtida , uni qanday soz yasayotganini o`rganib olish uchun shogirdi Arastu ohista tuynukdan mo`ralaydi ammo unga cholg`u ko`rinmaydi shunda u cholg`uni devorga sham nuridan tushayotgan soyasidagi shaklga qarab, tonggacha u ham pinhona bir musiqiy cholg`uni yasashga kirishadi. Tongda Arastu yasagan cholgusini ustosi Aflotunga olib borganda shu narsa ma`lum boladiki tunda Aflotun kosasi katta dastasi ingichka cholg`u yasagan bo`ladi Arastu esa aksincha soyada ko`ziga dastasi yo`g`on, kosasi kichkina ko`ringan shakldagi cholg`uni yasagan bo`ladi. Shundan Aflotun yasagan ingichka dasta katta kosali cholg`u -Dutor, Arastu, uni soyasidan qarab yasagan kosasi kichik, dastasi yo`g`on cholg`u esa Tanbur bolib qolgan ekan.
        O`tmish risolalarda Dutor haqida yetarli ma`lumotlar kam. Dutor Tanburga nisbatan yengil ijro etilganligi sababli xalq ichida eng ommaviy cholg`u bo`lib kelgan. Pardalarining pastligi, soni jihatidan kamligi tufayli uni ko`pincha ayollar qo`llab kelganlar va honaki, yengil kuy qo`shiq ijrosida , folklor yollarida foydalanganlar.
        Dutor kosasi tut, dastasi o`rik daraxtlaridan yasaladi. Kosasi yupqa qovurg`alardan yeg`ib bir-biriga yopishtirib ishlanadi. Dasta bilan kosaxonasuni esa bo`g`iz ulab turadi. Dastasi ingichka, uzun bo`lib ingichka bog`lama pardalar bog`langan bo`ladi. Ipakdan qilingan ikki torlari kvarta, kvinta, unison ba`zan oktava qilib sozlanadi. Asosiy sozlanish Munojot (kvinta), Tanovor (kvarta) deyiladi.
        Dutor bizning cholg`ularimiz ichida ikkala torini barmoqlar bilan barobar bosib, birinchi torga ikkinchi torni jo`r qilib chalinadigan yagona qo`sh ovozli cholg`u hisoblanadi. Past ammo o`ta mayin yoqimli ovozi bor, dutor xalq yo`lidagi kichik hajmli kuy qo`shiqlar ijrosiga mo`ljallangan. Xalq musiqalarini ichida dutor uchun mahsus kuylar koplab uchraydi. "Qo`shtor", "Dutor navosi", "Dutor bayoti" va h k.
 


 
 
© Husniddin ATO,2003-2008