|  
                        
                         | 
                       
                         
                          
                             
                              
                                
                                  |   | 
                                    | 
                                 
                                
                                    
  "San’atimiz  siymolari"
                                      
                                                                                   Tong.  Hammayoq osuda jimlik.  Faqat radiodan chang sadosi taraladi. Bu kuyda sevimli O‘zbekistonimizning  go‘zal vodiylari, qir-adirlari-yu so‘lim bog‘lari, bepoyon paxta dalalari,  go‘zal qizlari-yu sho‘x yigitlari namoyon bo‘ladi. Bu chang sasi - O‘zbekiston  radiosining pozivnoyidir. Uning muallifi va ijrochisi mashhur soeanda Faxriddin  Sodiqovdir. 
                                                Faxriddin Sodikov 1914 yili  Toshkontniig Qoryog‘di mahallasida (xozirgi Paxtakor stadioni atrofi) hunarmand  oilosida tug‘ildi. Otadan yosh yetim qolgan Faxriddinning tarbiyasi bilan akasi  Shamsiddin Sodiqov shug‘ullandi. Yetti yoshlarida o‘rta maktabga boradi.  Dastaaval o‘z uyida akasining dutor chalib, uncha muncha xirgoyi qilib  yurishini ko‘rib Faxriddin dutor chalishni o‘rganish istagida maktabdagi musiqa  to‘garagiga yoziladi. O‘tkir musiqaviy zehni bilan boshqalardan ajralib turgan  bu yigitga to‘garak rahbari Nu’mon qori Mo‘minzoda o‘g‘li e’tibor bilan  qaraydi. Zehni o‘tkir  Faxriddinni to‘garak rahbari chang cholg‘usida ham sinamoqchi bo‘ldi. Bu niyat  yaxshi natijalar bera boshladi. Faxriddin aka bizlar bilan qilgan ko‘p  suhbatlarida ilk ustozlari Numoi qori Mo‘minzoda o‘g‘lini eslab shunday  derdilar:                                     
                                      | 
                                   
                                
                                            - Birinchi ustozim Nu’mon qori  Mo‘minzoda o‘g‘li o‘rta yoshlardagi, odamshavanda, gap-gashtaklarni qiziq  suhbatlar bilan olib boruvchi bilag‘on kishi edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak,  katta ustozlar bilan tez til topishar va yaqin aloqada bo‘lardi. Ustozimniig  xonadonlarida tez-tez yig‘inlar bo‘lar edi. Ayrim yig‘inlarga Qo‘qon, Namangan,  Farg‘ona, Andijon va boshqa shaharlardan mashhur sozandalar, hofizlar kelishib,  she’riyat - adabiyotga doir suhbatlar bilan birga soz chalib ashulalar  aytishardi. Sozanda va xonandalar o‘rtasida o‘ziga xos ijrochilik musobaqasi  bo‘lar edi. Bunday yig‘inlarga andijonlik dutorchi Muhiddin hoji Najmiddinov,  naychi Abduqodir Ismoilov, qo‘shnaychi Axmadjon Umrzoqov, doirachi va changchi  Usta Olim Komilov, namanganlik sozanda Usta Ro‘zimatxon Isaboyev kabi katta  ustozlar qatnashar edilar. Nu'mon qori ustozniig yana bir fazilati — u kishi  yaxshigina naychi, g‘ijjakchi bo‘lish bilan birga musiqa asarlarini obrazli  qilib tushuntirar, ijro uslublari haqida batafsil sharh bera olar edi. Meni  dutorchi Muhiddii hoji akaning dutor chalishdagi chap qo‘l texnikasini va  Toshkentlik Solixon xo‘janing o‘ng ko‘l texnikasini, dutorda Usta  Ro‘zimatxonning kuy frazalarini mantiqli ulay olishini, changda Matyusuf  Xarratovning qo‘l yurishini o‘rganishga undar edi». 
                                     
                                                             
 
                                              1927-1931- yillarda Faxriddin Sodiqov Toshkent milliy musiqa texnikumida tahsil oldi. Bu dargohda Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llarining bilimdonlari  Shoraxim Shoumarovdan ashula yo‘llarini, Abdusoat Vaxobovdan maqomlarning  cholg‘u yo‘llarini o‘rgandi. Farg‘ona-Toshkent vodiysining mohir ijrochilarini  eshitish va ular ijro etgan asarlarni to‘g‘ri tushunish Faxriddin Sodiqovga  kelgusida katta boylik bo‘lib xizmat qildi. 1931 yilda musiqali teatrga  chingchi bo‘lib ishga kirdi. Bu orada Faxriddin Sodiqov changchi sozanda bo‘lib  elga tanilgak edi. Teatrda ishlash yosh sozandaga dorilfunun vazifasini o‘tadi,  chunki ko‘p yil Abduqodir Ismoilov nayiga chang sozlab. Ahmadjon otaning dardli  ko‘shnayiga jo‘rbo‘lishniig o‘zi katta gap edi. Keyiiroq Yunus Rajabiy va  Lutfixonim Sarimsoqova tashkil etgan dutorchi xotin-qizlar ansambliga sozanda  bo‘lib ishga o‘tdi. Ana shu yillarda Faxriddin Sodivovning bastakorlik  faoliyati boshlandi. Dutorchi xotin-qizlar ansambliga xalq yalla, laparlari va  boshqa folklor janrlaridan tashqari zamonga hamroh kuy va qo‘shiqlar kerak edi.  Bu imkoniyat yosh bastakorga ansambl uchun kuy, qo‘shiq, laparlar ijod etish imkonini  berdi.  | 
                                   
                                
                                    | 
                                   
                                
                                            Ulug‘  Vatan urushining dastlabki kunlarida filarmoniya qoshida Gavhar Rahimovaning  badiiy rahbarligida va Faxriddin Sodiqovning musiqa rahbarligida front konsert  brigadasi tuzildi. Front konsert brigadalariga jangchilarga yuksak ruh  bag‘ishlovchi, front orqasida mehnat qilayotganlarning orzu-istaklarini  ifodalovchi, g‘alabaga undovchi kuy, qo‘shiqlar, rakslar kerak edi. Konsert  brigadasi repertuariga o‘zbek xalq kuy, qo‘shiq, raqslari bilan birga qardosh  xalqlarning musiqa namunalari ham kiritildiki, bu tabiiy holdir. Bunday yangi  ijro dasturni to‘la ijro etish uchun changni xromatik sozga xoslash zarur edi.  Changni rekonstruksiya qilish ishi oldindan boshlangan bo‘lib, bu ishga sozanda  ustozlar Usta Olim Komilov, Usta Ro‘zimatxon Isaboyev, Matyusuf Xarratovlar o‘z  hissalarini qo‘shishgan. Faxriddin Sodiqov ustozlar tajribasiga tayanib,  Toshkentlik mashhur dutorsoz usta Usmon Zufarov bilan birgalikda changni  mukammalashtirdi. Undagi diatonik tovush qatorini xromatik torlar bilan  boyitdi. Chunonchi tovush qatorlarini xromatik sozga moslash nafaqat kardosh  xalqlar musiqa namunalarini ijro etishda, balki milliy an’anaviy musiqadagi  murakkab avj qismlarini ijro etishda ham ko‘p qulayliklar yaratdi. Bu turdagi  changlar hozirgi kunda ham maqomlarni ijro etishda o‘z ahamiyatini yo‘qotgani  yo‘q. Urush yillarida F. Sodiqov faqatgina ijrochilik bilan chegaralanmay,  vatanparvarlik ruhini, g‘alabaga komil ishonchni kuylovchi “Timofeyevchilar  marshi”, “G‘alaba marshi”, “Mergan Zebixon” (Boborahim Mirzayev she’ri) kabi  qator marsh va qo‘shiqlar yaratdi.  | 
                                   
                                
                                            Urushdan  keyingi davr F. Sodiqov ijodida unumli yillar bo‘ldi. Mashhur “Qora bayir”  (Akmal Po‘lat) “Gullar vodnysi” (Turob To‘la), “Aylansin opang” (T.To‘la),  “To‘yona” (M. Qoriyev) kabi qo‘shiqlarni ijod etdi. Qo‘shiqlardan tashqari Faxriddin aka xalq cholg‘u  asboblari ansambllari uchun “Vatan marshi”, “Uzbek valsi” kabi zamonaviy kuylar  ijod qildilar. 
          Bastakor  50—60-yillarda “Parishon qil” (Hamza), “Shirmonoy” (T.To‘la), “To‘y muborak”  (M.Qoriyev), “Dutorim” (3.Obidov), “Ko‘rsatmag‘ay” (Bobur), “Bir go‘zal  bormish” (Mirtemir), “Yor kelib” (S. Zunnunova), “Hayo” (Uyg‘un) kabi ko‘plab  mashhur ko‘shiqlar yaratdi. F.Sodiqovning qo‘shiqlari ommabop, xalqchil  bo‘lishiniig sababi — uning so‘z matnlarni sinchiklab tanlashida, so‘zning  mohiyatiga qarab mazmunli ohang yaratishida va bu asarlarniig ijrochilari bilan  astoydil ishlashidadir. Bastakorning qo‘shiq ijrochilari bilan tinimsiz  mehnati, do‘stona ijodiy hamkorligi aytiladigai qo‘shiqni ijrochi tomonidan  puxta egallab olinishiga va oqibatda yaxshi ijro etilishiga olib keladi.  Faxriddin aka o‘zlarining chiroyli yoqimli ovozlari bilan qo‘shiq ijrochisiga  asardagi musiqa bezaklarining nozik tomonlarini bo‘rttirib ko‘rsatib, ashulachi  tushunishiga oson qilib berardilar. Ustozning yangi qo‘shiq ustida ishlash  jarayoni o‘ziga xos bir maktab edi. Har bir parda, xar bir fraza, ayrim  so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish qo‘shiqchi uchun asosiy vazifa ekanligini xech  erinmay, qunt bilan tushuntirar edilar. F.Sodiqovning qo‘shiq ijod etishdagi  yana bir yutug‘i shunda ediki, ijrochining ovoz diapazoinga, ijro mahoratiga  mos asar yozardi. 
          Ustoz  zamon talabiga xozirjavob bastakor ekanligini ham qayd qilib o‘tish lozim.  Faxriddin Sodiqov goh paxtakorlar, goh ziyolilar va boshqa sohalarda mehnat  kishilarining yutuqlarini tarannum qiluvchi qo‘shiqlarni o‘z vaqtida ijod  qilganligi buning yaqqol dalilidir. 
                                   | 
                                    
                                     
                                      | 
                                 
                                
                                                                                                        
                                                 | 
                                   
                                
                                            1972 yilda  Toshkent Davlat Konservatoriyasida Sharq musiqa xafedrasi ochildi. Uning oldida  turgan vazifalardan biri o‘zbek xalq cholg‘u asboblari fakultetida ta’lim  olayotgan talabalarga og‘zaki ananadagi professional musiqaning, maqomlarning  nazariy va amaliy ijrosini o‘rgatish edi. Bu murakkab va xayrli ishga  maqomchilikda katta bilimga ega bo‘lgan ustozlar qatori Faxriddin Sodiqov ham  taklif qilindi. Faxriddin aka talabalar maqom ansamblining rahbari va chang,  dutor sinfi o‘qituvchisi vazifasida ish boshladi. Ustozlik faoliyat, radioning  maqom ansamblida musiqa rahbari bo‘lib ishlash jarayonida orttirgan boy tajriba  va bilimlari konservatoriyadagi murabbiylik ishlariga katta yordam berdi. Bir  voqeani hali-hali eslayman: o‘zbex xalq cholg‘u asboblari fakultutida  o‘qitiladigai dutorda (qayta ishlangan alt dutorida) o‘zimchalik ayrim  muvaffaqiyatlarga erishgandek edim. Lekin azaliy xalq dutorida ustozim bilan  bo‘lgan birinchi darsda bu sozning murakkab, mazmunli, dardli yo‘llarini ko‘rib  hangu-mang bo‘lib qoldim. Chunki men va men kabi yosh ijrochilar dutorga faqat  sho‘x, xilma-xil o‘ng qo‘l zarblariga boy xalq kuylari mos degan fikrda edik.  Darsda ustoz mendan biron kuyii ijro etishimni so‘radilar. O‘zimning oldingi  fikrim bilan qancha tempi tez bo‘lsa, shuncha yaxshi deganday qilib “Rohat”ni  ijro etdim. “Juda yaxshi” degan xitob bilan Faxriddin aka dutorni qo‘lga olib,  (hayron bo‘lib qarab turibman, chunki u kishi mashhur changchiku, degan  fikrdaman) “Rohat”ning boshqacha yo‘li ham bor, bir eshiting-a” deb ijroni  boshladilar. Juda yoqimlik, mayin, nafosatga to‘la kuy chalinyapti. Hozir  eslasam, ustozning dutor imkoniyatlaridan keng foydalana olishlari xalq  musiqasidagi boy musiqa bezaklari: “nola nolish”, “qochirim”, “kashish”,  “nolish”, turli o‘ng qo‘l zarblari, “tanovar”, zarbi “pirrang”, “qo‘sh  zarb”larni ustalik bilan o‘z o‘rnida ishlata olishlarida ekan. Faxriddin aka  “Rohat”ni ijro etib bo‘lgach, “Hali sekin-sekin bularni O‘rganamiz” dedilar. 
                                     
                                                           
                                     
                                              Ma’lumki,  “Shashmaqom” mushkulot qismlarining garchi nota yozuvlari bo‘lsa ham,  O‘zbekiston radiosining maqomchilar ansambli ijrosiga mansub “Tasnifi rost”,  “Garduni segoh”, “Muhammasi ushshoq”, “Muxammasi bayot”lardan tashqari, jonli  ijrosi uchramas edi. Ustoz mana shu mushkulot qismlarini talabalarga har  taraflama puxta o‘rgatishga harakat qilar edilar. Yaxshi niyat bilan boshlangan  ish o‘z samaralarini bera boshladi. Olmaota shahrida 1973 yili bo‘lib o‘tgan  III “Osiyo minbari” xalqaro musiqashunoslik forumida Osiyo mamlakatlaridan  yuborilgan 220 dan ortiq asardan 19 tasiga yuqori baho berildi. Bular orasida  F. Sodiqov rahbarlik qilgan maqomchi talabalar ansambli ijro etgan “Tarjei  Buzruk” ham bor. “Tarjei buzruk” butun dunyo mamlakatlarining radio eshittirish  koorperatsiyalariga yuksak saviyadagi ijro sifatida yuborildi. Kezi kelganda,  qo‘shiqchilix san’atida o‘ziga xos o‘rin egallagan O‘zbekiston SSR xalq  artistlari Kommuna Ismoilova, Orif Alimaxsumov, O‘zbekiston SSRda xizmat  ko‘rsatgan artist Xadya Yusupova, Buxoro musiqa bilim yurtining o‘qituvchisi,  birinchi respublika maqomchilar tanlovining g‘olibi gijjakchi O‘lmasxon  Rasulov, Xorazm filarmoniyasining solisti, qo‘shnaychi Yo‘ldoshvoy Tojiyev,  O‘zbskiston radiosining solisti, Respublikado xizmat ko‘rsatgan artist  Abduhoshim Ismoilov, changchi sozandalar Turg‘un Otaboyev, Abdurahmon  Xoltojiyev kabi ajoyib shogirdlar ijodida ustozniig ruhi, san’ati hamon  yashayotganini ham alohida takidlash joizdir. 
Abdurahim  Hamidov 
                                    1984(?)-yil, Jurnaldan | 
                                   
                                
                                  
  | 
                                 
                                
                                              
                                     
                                              
                                  
                                  
  | 
                                   
                                
                                  |  Faxriddin Sodiqov asarlaridan namunalar (mp3 formatida) | 
                                   
                                
                                   
                                      Bir go`zal 
                                      Bo`l menga mahbub 
                                      Dasta gul 
                                      Durdonaman 
                                      Ey chehrasi tobonim 
                                      Favvora 
                                      Ishq 
                                      Jonim tasadduq 
                                      O`zbek valsi 
                                      O`rgilay 
                                      Qora ko`z 
                                      Savti miskin 
                                      So`lim bahor 
                                      Visol 
                                      Xumor 
                                      Yor bilib  
                                  
  | 
                                   
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                     
                                                                         
  | 
                                 
                                
                                  |   | 
                                 
                                | 
                             
                             
                              |   | 
                             
                           
                        | 
                        |