|
|
NASR bo`limi - birinchi guruh sho`'balar.
|
|
Shashmaqomning birinchi guruh sho`’balariga Sarahbor, Talqin, Nasr, ularning taronalari va Ufar qismlari kiradi. Har bir maqom turkumi Sarahbor bilan boshlanadi. Ularning qisqacha tavsifi quyidagichadir:
SARAXBOR - Sar - tojikcha bosh, axbor – arabcha "xabar" so`zining ko`pligi, ya’ni bu ibora ashula turkumlari tuzilishidan darak beruvchi bosh ashula yo`li, ashula bo`limining bosh mavzui ma’nosidadir. Olti maqomning har birida ular maqomlar nomi bilan qo`shib, Saraxbori Buzruk, Saraxbori Rost, Saraxbori Navo, Saraxbori Dugoh, Saraxbori Segoh va Saraxbory Iroq - deb nomlanadi.
Ularning doira usuli:(an’anaviy iboralar bilan: bak – bum)
Ular Muzore’ Mujtass, Mutaqorib, Ramal vaznlaridagi 11-14-15 bo`g`inli she’rlar bilan o`qiladi.
Saraxborlar vazmin doira usulida ijro etilsada, turli maqomlarda o`ziga xos ohang va kuy mavzuiga ega. Ularning taronalari oltitagacha yetib, 3/4, 4/4, variantlari bilan, 3/8 3/4 yoki |
3/4 3/8, 3/4 4/4, 3/4 takt o`lchovlaridagi doira usullari jo`rligida ijro etiladi.
TALQIN - nomli sho`’balar Iroqdan tashqari hamma maqomlarda uchraydi va Talqini Uzzol, Talqini Ushshoq, Talqini Bayot, Talqini Chorgoh, Talqini Segoh deb yuritiladi.
Talqin so`zi arabchada «tushuntirish», «nasihat etish» ma’nolarini bildiradi. Bu ibora doira usulining ham ifodasi: (an’anaviy iboralar bilan; bum - bak - bum – baka)
Unga mos she’rlar Ramal bahridan:
Foilotun-foilotun-foilotun-foilun.
Talqin yo`llari Uzzol, Ushshoq, Bayot, Chorgoh, Segoh, Nasr va Ufar yo`llari bilan hamohang va bu sho`’ba qismlar bir-birining ritmik variantlaridir. Ularning taronalari esa Saraxborlardagi kabi vazifani bajaradi.
NASR – (Sochma, ko`mak, zafar ma’nosida) ular Shashmaqomda o`n to`rttadir:
Buzrukda - Nasrulloyi, Nasri Uzzol;
Rostda - Nasri Ushshoq, Navro`zi Sabo;
Navoda - Nasri Bayot, Orazi Navo, Husayniy Navo;
Dugohda - Nasri Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniy Dugoh;
Segohda - Nasri Segoh, Navro`zi Xoro, Navro`zi Ajam;
Iroqda - Muxayyari Iroq.
Ular 6/4 takt o`lchovidagi doira usulida ijro etiladi;
(baka - bum - bak - ist - bum – baka)
Ularga aytiladigan she’r vazni Hajaz bahridan:
Mafoiylun - mafoiylun - mafoiylun – mafoiylun.
Nasrlarda ham bir nechadan taronalar mavjud (3-4 tadan oshmaydi, ba’zilarida esa, umuman uchramaydi) masalan: Xusayniy Navo va Dugoh).
U F A R – maqomlarning yakunlovchi qisni bo`lib, doira usulida ijro etilada.
(bum - baka - bum - bak; bum - baka - bak -bum – bak).
Ularni ijrosi uchun turli vazndagi (Ramal, Hazaj, Razaj) she’rlardan foydalaniladi. Har bir maqomning sho`’balari va ularning taronalari turkum tarzida ijro etilib, Ufar bilan tamomlanib, oxirgi suporish bilan yakunlanadi. Bu suporishlar saraxborlarning ashula boshidagi jumlalaridir. (Suporish - topshiruv ma’nosida turkumni Saraxborga uzatadi va u bilan yalunlanadi. |
|
|